
Qishloqda qari ona yolg‘iz yashaydi. Uning yashash tarzi o‘ta ayanchli. Uning ichki kechinmalari, kechalari marhum eri va yakkayu yagona o‘g‘lini sog‘inishlari ko‘rsatiladi. O‘g‘il shaharda yaxshigina ishda ishlaydi. Onasini esiga tushganda pul yuborib turadi. Bir kuni o‘g‘ilning ishlari orqaga ketib, qarzga botib ketadi. So‘nggi chora — qishloqdagi onasi yashayotgan uyni ham sotish... U qishloqqa keladi. Onasiga uyni sotmoqchi ekanini aytolmaydi. 4–5 kun qishloqda onasi bilan yashashga majbur bo‘ladi. Bu orada ona o‘g‘lini nima maqsadda kelganini bilsa ham, undan xafa bo‘lmaydi. Aksincha, kelganidan xursand bo‘ladi. «O‘g‘lim keldi», deb qo‘shnilariga maqtanadi. Ko‘chada o‘g‘li bilan kerilib yuradi. Bir kuni u o‘g‘lini bolaligini eslab, unga kulcha non yopib bermoqchi bo‘ladi. Tandirdan nonni uzib, o‘g‘liga beradi, o‘zi xonasiga kirib ketadi. O‘g‘il kulchani yeb, bolaligini eslaydi. Onasini tashlab qo‘ygani uchun vijdoni qiynaladi va kechirim so‘rash uchun onasining xonasiga kirganida, onasining o‘lib yotganini ko‘radi. O‘g‘il dod solib yig‘laydi. So‘ng xonadan bir qutiga ko‘zi tushadi. Quti ichida o‘g‘il o‘zi yuborgan pullar va onasining yig‘ib qo‘ygan pullarini ko‘radi.
Aziza Begmatova, Ortiq Nuriddinov, O‘tkir Mengliyev, Inobat Matyoqubova, Shavkat Xubbimov, Xondamir Niyozov, Abror Mallaboyev, Shahzoda Jumanova, Habibullo Muhammadnazar, Malika Sobirjonova, Shahzod Boymurodov, Azizbek Ahrorov.











































































































































































































































































































