BizMedia
Qimmat o‘yin

Qimmat o‘yin

Tizerni ko'rish

Farida otasiz ulg‘aygan, tarbiyasi sust va pulga o‘ch qiz. Onasi Zilola ham shunga o‘xshash fe’l-atvorga ega. Farida tabiatan chiroyli bo‘lgani bois yigitlar uni tez yoqtirib qoladi va u uchun turli qurbonliklarga tayyor turadi. Farida esa bu holatdan ustalik bilan foydalanadi.

U o‘ndan ortiq yigitni chuv tushiradi. Avval sovchilar orqali uchrashuvga chiqadi, to‘yga rozilik bildiradi. Barcha masalalar hal etilgach, to‘yga o‘n-o‘n besh kun qolganida bo‘lajak eridan katta miqdorda pul oladi. So‘ng turli bahonalar bilan to‘yni bekor qilib, navbatdagi “o‘lja”ni izlashga kirishadi.

Shu tariqa Farida onasi va bir tanishining yordami bilan ko‘plab yigitlarni aldab ketadi: kimdandir pul, kimdandir qimmatbaho tilla taqinchoqlar olib g‘oyib bo‘ladi.

Nihoyat, u IIBda ishlovchi bir yigitga unashtiriladi. Uni ham aldamoqchi bo‘lganida yigit Faridaning firibgar ekanini sezib qoladi va uni qo‘lga oladi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

72 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Nizomiddin Moʻminov

Rollarda

Nozanin Gʻafforova, Musulmon Yunusov, Jaxongir Teshaboyev, Muqaddas Xoliqova, Zilola Po‘latova, Farid Yuldoshev, Ma’suda Otajonova, Bekzod Zokirov