"Biz Media" - kino, serial, multfilm, teleshou, klip va konsertlar hamda 130 dan ortiq mahalliy va xorijiy telekanallarni, shuningdek, 2 ta onlayn radiokanalni o'z ichiga olgan OTT/VOD-platforma. Bizda hammasi faqat oilaviy tomosha uchun, hech qanday "a-ya-yay" sahnalarsiz.
"OnTV" - milliy kino, serial va multfilmlarimizni rus hamda boshqa tillardagi sifatli tarjima variantlarini tomosha qilish uchun yagona platforma. Unda to'liq sharqona muhitni his etasiz. Bundan tashqari OTT/VOD-platformada 130 dan ortiq telekanallar, 2 ta radio mavjud.
"Biz TV" - butun oila uchun mo'ljallangan madaniy-ko'ngilochar telekanal. 24 soatlik unikal efirlari davomida sevimli kino, serial, multfilm va konsertlarni, ko'rsatuv hamda boshqa kontentlarni tomosha qiling.
"Солнечный ТВ" - o'zbek kinosi, seriallari, telenovella va kliplarini efirga uzatuvchi rus tilidagi yagona telekanal. Hozirgi kunda uni AzerSpace 46'E sun'iy yo'ldoshi orqali Yevrosiyo mintaqasidagilar tomosha qila olishadi.
"Shifo TV" - tibbiyot yo'nalishidagi O'zbekistondagi birinchi va yagona telekanal. Yes usti va kabel televideniyesi orqali O'zbekiston xalqiga yetkazilmoqda.
"Truck FM" - trakchilar, umuman, yo'ldagi haydovchilar uchun maxsus onlayn radiokanal bo'lib, bizni dunyo bo'ylab yuzlab tinglovchilar har soniyada eshitib borishmoqda.
"Biz FM" - zamonaviy onlayn radiokanal bo'lib, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lganlar bizni tinglashlari mumkin.
"Biz Cinema" - milliy serial, telenovella va kinolarimizni barchasini bir kanalda jamladik. Oila davrasida maza qilib kabel televideniyesi orqali tomosha qilishingiz mumkin.
"Biz Music" - musiqa shaydolari uchun maxsus telekanal. Unda qadrdon bo'lib ulgurgan hamda endigina premyerasi bo'lgan kliplarni tomosha qilib, konsert dasturlarini ham ko'ra olasiz.
"MiMi TV" - bolajonlar uchun maxsus ochilgan telekanal bo'lib, unda kichkintoylar o'zlarining sevimli multfilm, multserial va teledasturlarini tomosha qilishlari mumkin.
"Biznes TV" - tadbirkorlikka oid foydali kontentlarni o'zida jamlagan onlayn telekanal.
"Travel TV" - dunyo mo'jizalari, tabiatning sehrli manzaralarini namoyish etuvchi relaks va sayohat yo'nalishdagi onlayn telekanal.