
Maxliyo — o‘z olamiga ega, aqlli, tarbiyali va mehribon qiz. Bir kuni ko‘chada ketayotib, notanish yigit uni to‘satdan quchoqlab oladi. Nima bo‘layotganini anglamagan Maxliyo unga tarsaki tortadi. Yigit esa tinmay uni “Malika” deb chaqiradi. Qiz “Men Malika emasman”, deb uzoqlashayotganida, yigit hushini yo‘qotib yiqiladi.
Kasalxonada ko‘zini ochgan yigit yonida Maxliyoni ko‘radi. Ko‘p o‘tmay palataga yigitning qaynonasi kirib keladi va qizni ko‘rib hayratga tushadi. Shunda voqealar sababi oydinlashadi.
Ma’lum bo‘lishicha, Malika va Jasur avtohalokatga uchragan: Malika vafot etgan, Jasur esa xotirasini yo‘qotgan edi. Eng ajablanarlisi — Malika va Maxliyo bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshash.
Jasurga Malikaning o‘limi aytilmagan, chunki bu uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilishi mumkin edi. Maxliyo bu haqiqatni qaynonadan eshitgach, Jasurga rahmi keladi. U sirni saqlashga va har hafta kelib undan xabar olib turishga va’da beradi.
Maxliyoning yigitı Suxrob bu holatni noto‘g‘ri tushunadi. Oradan vaqt o‘tib, Maxliyo ko‘rish qobiliyatidan ayriladi. Suxrob esa undan yuz o‘giradi.
Yakunda Jasur va Maxliyoning taqdir yo‘llari birlashadi.
Sug’diyona Ubaydullayeva
Timur Kubayev
Xondamir Niyozov
Maftuna Ahmadaliyeva
Tamara Hazratqulova
Xosiyat Husanova
Muharram Abduhalilova
Mashhura Xolmedova
Shohida Usmonov


































































































