BizMedia
Men bilan qol

Men bilan qol

Tizerni ko'rish

Asal — boy tadbirkorning qizi. U mehrsiz muhitda ulg‘aygan, hayotdan charchagan va ichki kuchsizlik bilan kurashayotgan qiz. Otasi esa uni o‘zi xohlamagan insonga turmushga bermoqchi.

Qudrat — begunoh qamalgan, to‘g‘ri, samimiy va bag‘rikeng yigit. Qamoqdan chiqqach, do‘sti va sevgilisining turmush qurganini biladi. U hayotini qaytadan qurish uchun kurasha boshlaydi. Qamalganligi sabab jamiyat tomonidan rad etiladi, biroq qalbidagi poklik unga yo‘l ochadi.

Tasodifiy uchrashuv Asal va Qudrat taqdirini bog‘laydi. Qudrat Asalni fitna va soxta muhabbatdan xalos etadi. Asal esa uning halol va pok inson ekanini asta-sekin anglaydi. Ammo ularning oldida jiddiy sinovlar turadi: oilaviy xiyonat, o‘gay ona Nargizaning ayyorligi, Davron va uning otasi Odilning mol-dunyo yo‘lidagi makkor rejalari.

Film davomida Qudrat opasini tajovuzkor eridan qutqaradi, ish izlab sarson bo‘ladi va haqiqatni isbotlash uchun qat’iyat bilan kurashadi. Asal esa o‘z baxti uchun otasiga qarshi chiqishga majbur bo‘ladi. U Nargiza va Davronni fosh etish uchun muhim dalillar topadi. Ular muhabbat, haqiqat va adolat yo‘lida jamiyatdagi gumonlar va tuzoqlarga qarshi kurashadilar.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Janr

Drama, ijtimoiy realizm, muhabbat va xiyonat

Davomiylik

74 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Musulmon Yunusov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Laylo Mahmudova

Rollarda

Parvina Sultonboyeva

Timur Komilov

Jaxongir Teshaboyev

Maxsuma Xikmatova

Xamid To‘xtayev

Dilafro‘z Mameshova

Ahror Alijonov

Bilol Isakov

Qahramon Mashrapov