BizMedia
Shabnam

Shabnam

Tizerni ko'rish

Shabnam — hayot sinovlarida toblangan, irodali qiz. U ikki shifoxonada hamshira bo‘lib ishlaydi, ruhiy xasta onasi bilan yolg‘iz yashaydi.

Farid — onasining bevaqt o‘limida otasini ayblaydigan, asabiy va qiziqqon, ammo ko‘ngli pok yigit. U Shabnam bilan ilk uchrashuvdayoq janjallashadi — qizning ochiq-sochiqligi unga yoqmaydi. Taqdir esa ularni qayta-qayta to‘qnash keltiradi. Har safar Farid Shabnamni noto‘g‘ri tushunib, uni yolg‘onchilik va yengiltaklikda ayblaydi.

Bir kuni Farid ko‘cha janjali sabab Shabnam ishlaydigan shifoxonaga tushadi. Shu yerda u qizni yaqindan tanib, unga oshiq bo‘ladi. Shabnam ham uning sevgisini qabul qiladi.

Ammo kutilmaganda Shabnam bedavo kasallikka chalinadi. U dardini Fariddan yashirishga urinadi. Farid esa undan voz kechmaydi — sevgisiga sodiq qolib, Shabnamning so‘nggi damlarigacha yonida bo‘ladi. Shabnam sevgilisining qo‘llarida jon beradi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

71 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Umida Ashurova

Rollarda

Sitora Xudoynazarova, Shahzod Sultonov, Miravaz Solixov, Merdan Matvaliyev, Mashhura Xolmedova, Farhod Muxtorov