
Chekka qishloqdan Toshkentga ikki yoshli o‘g‘li bilan qochib kelgan Nargiza ismli ayolning ayanchli taqdiri tasvirlanadi. Eri ishlash uchun Rossiyaga ketganiga bir yarim yil bo‘lgan.
Qishloqda uni xiyonatda ayblashadi, biroq Nargiza bu tuhmatni qilmagan edi. Asossiz gap-so‘zlarga chidolmay, u ortga qaramay Toshkentga ketadi. Hech kimning qo‘ng‘iroqlariga javob bermaydi.
Nargiza tamaddixonaga ishga kiradi va u yerdagi qizlar bilan bir kvartirada yashay boshlaydi. Uni qishloqdan qayniukasi izlab keladi, ammo topa olmaydi. Taqdir taqozosi bilan yigit Nargiza ishlaydigan tamaddixonaga kelib, u bilan uchrashib qoladi.
Qizga yomon niyat bilan qarab yurgan xo‘jayinning ta’zirini beradi. Ammo Nargiza qishloqqa qaytishni istamay, yana qochib ketadi. Oxir-oqibat yigit uning manzilini aniqlaydi.
Shu orada Nargiza Rossiyadagi erining qo‘ng‘irog‘iga javob beradi. Suhbat davomida eri unga ishonishini, xiyonat qilmaganini bilishini aytadi va ertaga O‘zbekistonga qaytishini bildiradi. Ular Toshkentdan birga qishloqqa qaytishga kelishib olishadi.
Nargiza erini kutib olish uchun yo‘lga chiqadi. Ammo so‘nggi lahzalarda uni mashina urib ketadi. Nargizaning umidi fojia bilan yakunlanadi.
Diana Abdusamatova
Abduvohid Sarikov
Doston Jo’rayev
Sevara Umarxo’jayeva
Zaxro Mamadaliyeva
Dilafruz Usmonova
Dilnoza Isoqova
Omina To’raqulova


































































































