
Oybibi akasi Yo'ldoshning uyida doimiy kaltak va tahqirlar ostida kun kechiradi.
Jahongir katta tezlikda mashina boshqarib, piyodani (Farhod akani) urib yuboradi. Ukasi Odil Jahongirni to'xtatishga urinsa-da, Jahongir voqea joyidan qochib ketadi. Odil tez yordam chaqiradi.
Jahongirning surunkali kasalligi xuruj qilgani va onasi Maqsuda opaning yolvorishlari sababli, Odil akasining o'rniga aybni o'z bo'yniga oladi. U kasalxonada yotgan Farhod akadan xabar olib, unga yordam bera boshlaydi.
Jahongir qishloqqa — Yo'ldoshdan giyohvand modda olishga boradi va u yerda Oybibini ko'rib, unga uylanishga qaror qiladi. Yo'ldosh pul va manfaat uchun singlisini sotadi. Dahshatga tushgan va akasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan Oybibi uyidan qochishga urinadi. Qishloqqa tabiat manzaralarini tasvirga olishga kelgan Odil qizning achchiq taqdiriga befarq qaray olmay, uni shaharga olib qochadi.
Odil Oybibini farzandsiz, ammo juda mehribon Farhod aka va Matluba opaning uyiga joylashtiradi. U yerda Oybibi ilk bor oilaviy mehrni his qiladi. Jahongir esa o'zidan homilador bo'lgan Surayyoni suvga itarib yuborib jinoyat qiladi va oqibatda militsiya tomonidan ushlanadi. Yo'ldosh ham qonun oldida javob beradi.
Sinovlardan o'tgan Odil Oybibiga o'zining sevgisini izhor qilib, uzuk taqadi.
Baxodir Mirmaqsudov, Tamara Xazratqulova, Jabbor Toshev, Mashxura Xolmetova, Sitora Xudoynazarova, Sanjar Namozov, Faridxon Yo‘ldoshev, Shaxlo Hojiyeva, Abror Mallabayev, Durdona Nurakova











































































































































































































































































































