BizMedia
Menga qiz tug‘asan, yoxud kutilmagan qiz

Menga qiz tug‘asan, yoxud kutilmagan qiz

Tizerni ko'rish

Murod va Lolaning uch nafar o‘g‘li bor. Lola yana homilador. Oila a’zolari yangi mehmon qiz bo‘lishini orzu qiladi, ayniqsa Murod. U farzand qiz bo‘lishiga shunchalik ishonadiki, hatto tekshiruvga ham bormaydi — hammasini tug‘ruqdan keyin bilishga qaror qilishadi.

Biroq kutilgan qiz o‘rniga yana o‘g‘il tug‘iladi. Endi oilada to‘rt o‘g‘il. Bu xabar Murodni ranjitadi: u tug‘ruqxonaga bormaydi, hatto Lolaning qizlik uyiga ketishiga sabab bo‘ladi. Mojaroga ota-onalar ham aralashadi.

Syujet odatiy “qiz farzand kerak emas” degan qarashlarga teskari yo‘sinda qurilgan bo‘lib, voqealar komedik ruhda rivojlanadi. Ko‘plab yumaristik vaziyatlar orqali film tomoshabinni muhim xulosaga olib keladi.

Yakunda: Murod farzand o‘g‘il yoki qiz bo‘lishidan qat’i nazar, boriga shukr qilish kerakligini anglaydi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

80 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Shaxzod Ko’nishov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Isroil Ismoilov

Rollarda

Rasulxon Qodirxonov
Mumtoza Shermatiy
Barno Qodirova
Gulchexra Nosirova
Bahtiyor Musayev
Mirzatilla Shonazarov