
Voqea shifoxonada ayolini operatsiya qildirish uchun doktorga yalinayotgan Hamid va yonida yig'layaotgan qizi Asilaning holatidan boshlanadi. Doktor pulsiz operatsiya qilolmasligini tushuntiradi. Hamid uch kunda topib kelishini, hozir operatsiya xotiniga zarurligini tushuntirib yolvoradi. Doktor qilolmasligini aytib ketadi. Biroz narida ko'zi yoshlanib, boshini changallab o'tirgan Umar ko'rinadi. Umar ularni pulga muxtojligini eshitib, ota va qizni ilojsizligini ko'rib, yonioga boradi va ularga yordam berishini aytadi. Ular tanish bo'lmagani uchun Hamid hayron bo'ladi. Meni xotinim va o'g'lim avariyaga uchrashdi. Ayolim kecha vafot etdi. O'g'lim esa juda yomon holatda jonlantirishda yotibdi deydi. Hech bo'lmasa siz ayolingizni saqlab qoling deb pulni beradi. Ular do'stlashgandek, juda minnatdor bo'ladi. Tez orada baribir pulni topib qaytarishini aytadi. Manzilingizni bering deydi. Umar manzilini bermaydi, qarz emas bu deydi. O'g'limni duo qiling, undan boshqa yaqinim qolmadi deydi Umar. Endi ketayotganda, ortidan Hamid boradi va o'g'lingiz necha yoshda deydi. Umar yoshini aytadi. Ilohim tuzalib ketsin. Agar tuzalib ketsa, quda bo'layik deydi. Umar xursand bo'lib, agar bolam sog' qolsa, albatta shunday qilamiz deb bir biriga xurmat va mehri tushib qoladi. Titr yoziladi va oradan uch oy o'tgani ko'rsatiladi. Ko'chada Umar va Hamid ko'rihib qolishadi. Hamid ayolini saqlab qolishganini aytadi. Sen bergan pul bilan ayolimni jonini saqlab qolishdi deb minnatdor bo'ladi. Umar ham o'g'lini asrab qolishganini aytadi. Hamid unda to'yni boshlaylik, qizim seni o'g'lingniki deydi. Umar jim bo'lib qoladi. O'g'limni asrab qolishdi u tirik, ammo nogiron bo'lib qoldi deydi. Hamid biroz o'ylanib qoladi va men qizimni bilaman. Nima bo'lganda ham qizim sizni keliningz bo'ladi deydi va kelishib olishadi. To'y o'tadi holatlar bilan. Asila juda chiroyli qizligidan hamma o'rtog'lari nogironga tekkanidan kulishadi. Qo'shnilari "Aslida bu boyni o'zi Asilani xotini qilib olgan" O'g'lini shunchaki uyalganidan, oraga tiqqan deb gap chiqaradi. Xullas Asilga va Umarga bosim berishadi. Asila esa Nogiron Davronga kundan kunga mehri tushib qoladi. Hamid qizidan habar oilib kelib, undan kechirim so'raydi. Men seni hayotingni hukmini chiqarib hato qildim deydi. Asila esa unday dmeang men o'zim bunga rozi bo'ldim. Yo'q desam, tegmasligim ham mumkin edi deydi. Men shu odamni ayoliman, unga qarab jannatiy bo'lmoqchiman deydi. Asila Davronga mehr berganida Davronda o'zgarish bo'lishni boshlaydi. Ungacha Davron o'zini Asilaning yonida hijolatli bo'ladi, hatto yig'laydi. Ko'chada erkaklar Asilaga Davronni ilojsizligini ko'rib, unga hirs bilan qarashini Davron sezadi, ammo hech narsa qilolmasligidan o'zini qiynaydi va tuzalishga yana ham harakat qiladi. Orada Asilaga ketsin deb ataylab yomon muomala qiladi. Ovqat yedirmoqchi bo'lsa ovqatni to'kib yuboradi. Unga jahil qiladi. Ammo Asila baribir yaxshi qarayveradi. Musiqali epizodda, Davronga Asila yosh bolaga qaragandek mehribonliklari ko'rsatiladi. Uni cho'miltirgandek boishidan suv quygani, sochini taragani, kiyintirgani va h.k. Voqea so'ngida Asila maqsadiga qiyindchilik bilan erishadi. Davron tuzalishni boshlaydi va tuzaladi. Oxirida Asilaning homladorligi ochiladi va yaxshi yakun bilan tugallanadi. (Konfilekt bo'lishi uchun oilada Davronning katta opasi yoki ukasi bo'lishi ham mumkin. U Asila bilan konfilektga borishi ham mumkin).
Sitora Xudoynazarova, Xurshid To‘xtayev, Sevara Haydarova, Zuhriddin Rejametov, Sulaymon Salohiddinov, Otabek Sharipov, Muxlisa Qahramonova, Faridxon Yo‘ldashev, Shohida Usmonova, Dilobar Iskanova, Dilshodbek Xidayotov, Muslima Saidova, Shaxzod Boymurodov.











































































































































































































































































































