BizMedia
Qabrdagi qoʻngʻiroq

Qabrdagi qoʻngʻiroq

Tizerni ko'rish

Asar markazida oddiy hayot kechirayotgan, pul va savdoga berilgan Sobir ismli erkakning boshidan kechirgan g‘aroyib hamda hazil-mutoyibali voqealar tasvirlanadi. Do‘sti Mashrabning vafotidan so‘ng, Sobir uni qiynayotgan qarzlar, xotinining ketib qolishi va boshqa hayotiy muammolar girdobida qoladi.

Bir kuni u telefonini do‘stining qabri yonida yo‘qotib qo‘yadi. Shundan keyin unga sirli qo‘ng‘iroqlar bo‘la boshlaydi. Telefonda o‘zini Mashrab deb tanishtirgan noma’lum shaxs go‘yoki “narigi dunyodan” gapirib, Sobirga tez orada uning ham navbati kelishini bildiradi. Mashrab Sobirga tiriklikda yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatish uchun muhlat beradi: halol bo‘lish, qarzlarni qaytarish, fidoyilik ko‘rsatish, beva ayollarga yordam berish kabi sinovlar bilan uni imtihon qiladi.

Sobir esa o‘zgarishga urinadi, ammo har safar nimadir ortda qoladi. Har gal muhlat olganiga qaramay, u baribir fojiali yakunga tobora yaqinlashadi. Qahramon arvohga aylangan do‘stining so‘zlaridan, aslida esa o‘z vijdonining ovozidan qochishga harakat qiladi. Biroq ruhiy azoblar uni izma-iz ta’qib etadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

80 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Izzatilla Qalandarov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Obidjon Ro‘ziboyev

Rollarda

Umid Shodmonov, Otabek Xaqberdiyev, Sherzod Abduvaliyev, Firdavs Ziyoyev, Zulfiya Raimqulova, Alimardon Ziyovuddinov, Mirzatilla Shonazarov, Xondamir Niyozov, Doston Rustamov, Bunyod Zoyirov