BizMedia
Bir kunlik sevgi

Bir kunlik sevgi

Tizerni ko'rish

Amirbek Sadykov — universitetni a’lo baholarga tamomlagan, ammo munosib ish topa olmagan yigit. U kamtar oiladan chiqqan, aqlli, zamonaviy fikrlaydi va kuchli hazil tuyg‘usiga ega. Uning maqsadi — hayotini yaxshilash, biroq g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘i yetarli emas.

Bir kuni Amirbek tasodifan uzoq yillik raqib bo‘lgan ikki boy biznesmen — Bahrom Komilov va Mirzahon Rahimov xonadonida ish boshlaydi.

Bahromning qizi Lola — talabchan, ambitsiyali va zamonaviy. Mirzahonning qizi Muyassar esa mehribon, sodda va mehnatkash. Amirbek Muyassarga ko‘ngil qo‘yadi, ammo Lola unga oshiq bo‘ladi. Shu tariqa sevgi uchburchagi yuzaga keladi.

Haqiqat ochilgach, oilalar o‘rtasida mojarolar boshlanadi. Amirbek muhim tanlov qarshisida qoladi: yurak amriga bo‘ysunish yoki o‘z yo‘lini tanlash.

«Bir kelin ikki boyga» — sevgi, raqobat va inson qadr-qimmati haqida komedik-romantik hikoya.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

93 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Sherzod Abduvaliyev

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Sanjar Mamanazarov

Rollarda

Asror Hamidov
Gulruxsor Tohirjonova
Muxlisa Boboqolova
Anvar Salimov
Baxtiyor Musayev
Sevara Haydarova
Zilola Quvvatova
Shaxzod Hojizoda