BizMedia
Lanatlanganlar

Lanatlanganlar

Tizerni ko'rish

Ilgari sudlangan Murod dasturchi Rashid bilan birgalikda atrofiga yoshlardan iborat guruhni jamlab, murakkab firibgarlik tizimini yaratadi. U narkotik moddalar uchun "zakladka"lar, dipfeyk videolar va sahnalashtirilgan jinoyatlar orqali tadbirkorlar hamda oddiy fuqarolarni qo‘rqitib, ulardan pul undiradi. Noqonuniy daromadlarini dropperlar, onlayn kazinolar va turli elektron sxemalar orqali "tozalaydi".

Firibgarlarni aniqlash va qo‘lga olish uchun polkovnik Yo‘ldoshev boshchiligidagi maxsus guruh ish boshlaydi. Har bir yangi jinoyat ularni firibgarlarga yaqinlashtirsa-da, yuqori texnologiyalar va puxta o‘ylangan rejalar tufayli jinoyatchilar o‘z izlarini yashirishga muvaffaq bo‘ladilar.

Biroq, yurtimizda qonun ustuvor — hech qanday jinoyat jazosiz qolmaydi. Maxsus operatsiya natijasida jinoiy guruhning barcha a'zolari qo‘lga olinadi. Ular odamlarning nafaqat pullarini, balki ishonchi va xotirjamligini ham o‘g‘irlaganlari uchun "La'natlanganlar" safiga qo‘shiladilar.

"La'natlanganlar" filmi kiberfiribgarlik hamda ishonch qanday qilib xavfli qurolga aylanishi mumkinligi haqida hikoya qiluvchi ijtimoiy-psixologik kriminal drama hisoblanadi.

 

 

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2026-yil

Davomiylik

62 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Farruh Olimov

Operator

Sohib Durdiqilichov

Ssenariy muallifi

Ravshan Yo'ldosh

Rollarda

Husan Maqsudov, Alimardon Ziyoviddinov, Dilafruz Usmonova, Muxlisa Qahramonova, Rashid Xoldorov, Umid Xasanov, Ilhom Ostonov, Omon Jonibekov, Yunusali Abdullayev, Tolqin Niyozov, Usen Urdabayev, Iqbol Oshiqov, Otabek Yusupov, Odil Orolov, Farrux Toshpolatov