
Otabek — malakali doktor. U ayoli bilan sevishib turmush qurgan. Ammo shuncha yil o‘tsa ham, ular farzandli bo‘la olmaydi. Ko‘plab tekshiruvlardan o‘tishadi. Navbatdagi, so‘nggi tekshiruv natijalarini Otabek ayoli kelishidan oldin ko‘rib chiqadi va ayoli bepusht ekanini bilib qoladi.
Otabek ayolini qattiq sevgani, uni tushkunlikka tushirishni istamagani uchun bu haqiqatni undan yashiradi va aybni o‘z zimmasiga oladi. Ayoli doktor huzuriga kelganida, Otabek unga: “Men analiz javoblarini oldim, ayb menda ekan”, deydi.
Oradan kunlar o‘tadi. Ayolining onasi oraga tushib, qiziga: “Ering bilan ajrash, boshqasiga turmushga chiqsang, farzandli bo‘lasan”, deb uni fikridan qaytarishga urinadi. Ona ta’sirida ayoli Otabek bilan janjallashib, undan javobini berishini talab qiladi. Otabek bunga rozi bo‘lmaydi. Ammo ayoli: “Erkakmisan, javobimni ber!” deb turib olgach, Otabek oxiri uning javobini beradi.
Oradan yillar o‘tadi. Ayol aslida ayb o‘zida bo‘lganini bilib qoladi. Ammo endi juda kech edi. Otabek boshqa ayolga uylangan va farzandli ham bo‘lgan edi.
Yoqub Axmedov, Shaxnoza Shakirova, Nodira Murtazayeva, Surat Islomov, Kamola Kenjayeva, Otabek Xaqberdiyev, Nodira Mirzayeva, Baxrom Jalilov, Go‘zal Rashidova, Sadiya Rustamova.








































































































































































































































