BizMedia
Seni izlab

Seni izlab

Tizerni ko'rish

SENI IZLAB

Avval qalblar, keyin ko‘zlar tutashdi...
Zafar — o‘ziga bino qo‘ygan, maishatga berilgan boy yigit. Guljahon esa turli ishlarda ishlab, mehnatdan qochmaydigan, tezroq uy olishni orzu qilayotgan, ta’lim krediti asosida o‘qiyotgan talaba qiz. Shundagina u maktabda o‘qiydigan ukasini o‘z qaramog‘iga olib, o‘gay ona zulmidan qutqara oladi. O‘gay onasi Guljahonni yoqtirmaydi.

Tasodif sabab Guljahonning kundaligi Zafarning qo‘liga tushib qoladi. Kundalikni o‘qish davomida yigit qizni g‘oyibona sevib qola boshlaydi. Zafar o‘zidagi ko‘plab yomon odatlarni birma-bir tashlaydi. Kundalikdagi ayrim ma’lumotlar orqali Guljahonni izlaydi. Bu jarayonda qiziqarli va kutilmagan voqealar yuz beradi va nihoyat uni topadi.

O‘gay onasi Guljahonni majburlab, o‘z ukasi — Shamshodga uzatmoqchi bo‘lganida, Zafar bunga qarshi chiqadi. Zafar va Guljahon bir-biriga mehr qo‘yadi.

O‘gay ona Guljahonning ukasini qiynagani va urgani uchun javobgarlikka tortiladi. Shu orqali bolalar muhofazasi va ularning huquqlari himoyasi ta’minlangani ko‘rsatiladi.

Davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq, Guljahon subsidiya asosida kreditga uy oladi va ukasiga g‘amxo‘rlik qiladi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2026-yil

Davomiylik

67 daqiqa

Asl til

O'zbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Vazira Tursunova

Rollarda

Shahzod Hojizoda, Sabina Ibragimova, Feruza Mustayeva, Bunyod Ro'zimuhammedov, Ra'no Egamberdiyeva, Azizbek Axrorov, Oydin Islomjonova, Ayisha Abdullayeva, Durdona Mavlonova, Hayotbek Aliyev