
Rustam va Zarina dam olishdan qaytayotib, yo‘lda Sobir otani uchratib shaharga olib kelishadi. Suhbat davomida Sobir ota ular orasidagi yaqinlikdan hayron bo‘ladi.
Sobir ota o‘g‘li Alishernikiga keladi. Oila Dilshodning unashtiruviga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Qiz — Zarina. Hamma xursand, ammo Sobir otada ichki shubha paydo bo‘ladi.
Zarina aslida Rustam bilan yashirin munosabatda edi. Hatto undan homilador bo‘lib qolgan, shu sabab to‘yni tezlashtirishga urinardi. Rustam esa mas’uliyatdan qochadi va aloqani uzadi.
Sobir ota tasodifan Zarina va Dilshodni birga ko‘rib qoladi. Komila bo‘lajak kelin Zarina ekanini aytgach, Sobir ota larzaga tushadi. Shubhalarini bildiradi, lekin Aziza bunga ishonmaydi.
To‘y arafasida Alisher halokatga uchraydi. To‘y kechiktiriladi. Zarina esa baribir uni tezlashtirishni istaydi. Bu Komilaga yanada g‘alati tuyuladi.
Nikoh kuni Komila Zarinaga Rustamning rasmini ko‘rsatadi. Rozilik so‘ralganda Zarina: “Rozi emasman”, deydi va chiqib ketadi.
Keyin ma’lum bo‘ladiki, Zarina ketgan. Aziza haqiqatni anglab, Sobir otadan uzr so‘raydi. Oila yana birlashadi.
Shaxsanem Abidjamilova
Rasulxon Qodirxonov
Asror Hamidov
Bekzod Shaymatov
Go‘zal Mamasoliyeva
Odina To‘xtasinova


































































































