BizMedia
Shantaj

Shantaj

Tizerni ko'rish

Murod — 35 yoshli, oilali, hurmatli muhandis. Uning hayoti bir maromda davom etadi, biroq qalbida yashirin bo‘shliq bor. Kunlarning birida u bexosdan jozibador va sirli ayol — Joziba bilan tanishadi. “Tasodifiy” uchrashuvlar tez orada yaqinlikka aylanadi.

Bir kuni Murod va Joziba shahar chetidagi mehmonxonaga borganda, niqobli begona bostirib kiradi. Ular tahqirlanadi, kaltaklanadi, Murod esa shantaj qurboniga aylanadi.

Murod oilasi va obro‘sini saqlab qolish uchun pul to‘lashga majbur bo‘ladi. Ammo vaqt o‘tib, dahshatli haqiqat ayon bo‘ladi: Joziba ham shantajchining sherigi. Ular erkaklarni tuzoqqa ilintirib, jinoyat yo‘li bilan pul ishlab kelayotgan edi.

Murod hayoti, oilasi va halolligini saqlab qolish uchun kurashadi va ularning sirini fosh etadi.

Filmda oila muqaddasligi hamda birgina xato inson taqdirini butkul o‘zgartirib yuborishi asosiy g‘oya sifatida yoritiladi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

66 daqiqa

Asl til

O'zbek

Rejissyor

Isroil Ismoilov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Shaxzod Ko’nishov

Rollarda

Sanjar Nomozov
Muxlisa Qahramonova
Sabina Sodiqova
Umid Sobirov
Shahzoda Turg’unova
Alimardon Ziyovuddinov