
Bobur — realist yigit. U na Yangi yilga, na mo‘jizalarga ishonadi. Hatto do‘stlari bilan bayramni nishonlashni ham istamaydi. Bayramni oddiy kun deb qabul qiladi.
Ota-onasi chet elga dam olishga ketgan, Bobur esa uyda yolg‘iz qolgan edi. Ishxonada unga bayram ta’tili beriladi. Uyga qaytayotganida esa kutilmagan voqea yuz beradi: yo‘lda bir daftar topib oladi. Unda: “Yangi yilgacha bajarishim kerak bo‘lgan ishlar”, deb yozilgan va o‘nta band keltirilgan edi.
Bobur bu ishlarni o‘zi sezmagan holda bajara boshlaydi. Har safar esa tasodifan bir qiz bilan to‘qnash keladi. Shu uchrashuvlar uning qalbida Yangi yilga va mo‘jizalarga nisbatan ishonch uyg‘otadi.
Film yakunida Bobur anglaydi: mo‘jiza — bu sehr emas, balki inson qalbidagi muhabbatdir.
Muhammadali Aliyev
Nozanin G'afforova
Asror Hamidov
Fotima Oripova
Ibrohim Davronbekov
Ra'no Abdurahmonova
Zaxro Mamasoliyeva


































































































