
Sevara — 18 yillik nikohidan so‘ng qaynonasi va erining tuhmatlari tufayli ajrashib, farzandlari ota tarafda qolgan holda uydan haydab chiqariladi va oxir-oqibat chet elga ishlashga ketadi. Yillar davomida bolalari uni faqat pul kerak bo‘lganda eslashadi — to‘ylariga, uy-ro‘zg‘origa hamma xarajatni ko‘tarsa-da, unga ular tomonidan hech qanday hurmat va mehr ko‘rsatilmaydi. Sog‘lig‘i yomonlashib, Vatanga qaytgan Sevara saraton bilan og‘riganida ham na o‘g‘li, na qizi uni qabul qiladi, u yolg‘izlikda azob chekadi. Bu orada o‘g‘li qimorga berilib, uyini boy beradi, otasi esa yosh xotinining xiyonati fosh bo‘lib, mol-mulkidan judo bo‘ladi.
Ma’rifat Ortiqova, Maftuna Ahmadaliyeva, Abdulaziz Nosirov, Xurshid To‘xtayev, Farida Umarova, Ziyoda Ro‘ziqulova, Oygul Egamberdiyeva, Mavluda Roziqov.











































































































































































































































































































