BizMedia
To‘yda ko‘rishamiz

To‘yda ko‘rishamiz

Tizerni ko'rish

Bu zamonaviy komediyada qiz — taksi haydovchisi sifatida tasvirlanadi. Sarvinoz yo‘ldan mijoz olaman deb bir yigitga duch keladi. Yigit yo‘l haqiga kam pul aytadi, ammo Sarvinoz unda qandaydir iliqlik sezib, uni mashinasiga o‘tkazadi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan xola bu holatdan norozi bo‘lgandek shikoyat qiladi, yoshlar esa kulishadi.

Yo‘l davomida Sarvinoz va yigit suhbat qurishadi. Shu qisqa uchrashuv Sarvinozning yuragida his uyg‘otadi — u bexosdan yigitga oshiq bo‘lib qoladi. Sarvinoz dugonasiga his-tuyg‘ularini ochib beradi. Dugonasi esa uni qo‘llab-quvvatlab:
“Bugungi zamonda qizlar ham sevgi uchun kurashadi!” — deya harakat qilishga undaydi.

Sarvinoz sevgisi uchun rosmana kurashishni boshlaydi: yigitning yashash manzilini topadi, u haqida ma’lumot yig‘adi, hatto uni yoqtirgan sobiq qizlari bilan ham suhbatlashadi. Odatda yigitlar qiladigan ishlarni bu safar qiz amalga oshiradi. Bu esa o‘z-o‘zidan kulgili, yumaristik epizodlarni yuzaga keltiradi.

Jarayon davomida ko‘plab qiziqarli va shirin noqulay vaziyatlar sodir bo‘ladi. Film oxirida Sarvinoz va yigit o‘rtasidagi yaqinlik mustahkamlanadi. Nihoyat, yigit ham Sarvinozga oshiq bo‘lib, ular birga oila qurishga qaror qilishadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

75 daqiqa

Asl til

O'zbek

Rejissyor

Shoxruh Murodov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Shaxzod Ko‘nishov

Rollarda

Tamara Hazratqulova
Bahodir Mirmaqsudov
Sanjar Nomozov
Rayyana Jo‘rayeva
Bahtiyor Musayev
Muharram Abduxalilova
Asal Axralxo‘jayeva
Aziza Danabayeva