BizMedia
Mehr tomchisi

Mehr tomchisi

Tizerni ko'rish

«Mehr tomchisi» dramasi moddiy qiyinchiliklar tufayli maktabdan barvaqt chiqib, ko‘chada non sotishga majbur bo‘lgan o‘smir qiz Gulnoraning hayoti haqida hikoya qiladi.

Gulnora — kamgap, introvert, kitobga o‘ch va she’riyatni sevadigan 8-sinf o‘quvchisi. Uning onasi Muyassar esa qarzlarini to‘lash va uyiga yangi jihozlar sotib olish uchun pul yig‘ish maqsadida qizini maktabdan chiqarib, kun bo‘yi ko‘chada non sotishga majbur qiladi. Agar nonlar sotilmay qolsa, Gulnorani jismoniy jazolaydi.

Non sotish joyida Gulnora Hasan va Kamol ismli ikki o‘smir bola bilan tanishadi. Ular ham oilalariga yordam berish uchun non sotadilar. Hasan va Kamol Gulnoraga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam berishga qaror qiladilar.

Militsiya xodimi voyaga yetmaganlarning noqonuniy mehnatga jalb etilayotganiga e’tibor qaratadi va Gulnoraning oilasini nazoratga oladi. Muyassarni qiziga tazyiq o‘tkazmaslik haqida ogohlantiradi.

Og‘ir sharoitdan toliqqan Gulnora do‘stlari yordamida uydan qochib ketadi. Bu holat Muyassarni qiziga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Yo‘qolgan qizini qidirar ekan, u o‘z xatolarini anglay boshlaydi.

Muyassar o‘z va’dasida turib, qiziga boshqa azob bermaslikka va’da bergach, Gulnora yana maktabga qaytadi. Ona va qiz o‘rtasidagi munosabatlar asta-sekin yaxshilanadi. Biroq Muyassar Hasan va Kamolni ularning savdo joyidan haydab yuboradi.

Film bolalar mehnati, oilaviy muammolar, o‘smirlar o‘rtasidagi do‘stlik, ota-ona mas’uliyati hamda ta’limning inson hayotidagi ahamiyati kabi dolzarb ijtimoiy masalalarni yoritadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2026-yil

Davomiylik

70 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Akbar Insopov

Operator

Sohib Durdiqilichev

Ssenariy muallifi

Sanjar Mamanazarov

Rollarda

Zulfiya Raimqulova, Shaxrizoda Dehqonova, Asad Yakubov, Raxmatjon Toymurodov, Xoldor Tursunboyev, Feruza Fattohova, Feruza Nazli, Laylo Najibullayeva.