
Ushbu film qishloqlik oddiy bir cho‘pon yigitning shahardagi sarguzashtlari haqida.
Mardon tug‘ilganidan beri qishlog‘idan chiqmagan. U qir-adirlarda cho‘ponlik qiladi. Bir kuni u shaharga kelib, sayr qilishni, o‘zi tengqur shaharlik yoshlar bilan suhbatlashib kelishni o‘ylab qoladi. Shaharda uni hech kim mensimaydi, ustidan kulishadi, kalaka qilishadi. Ammo Mardon ham bo‘sh kelmaydi. U oddiy ko‘ringani bilan, aslida ancha-muncha odamdan boyroq.
Mardon shaharda Malika ismli qizni sevib qoladi. Uning samimiy izhorlari qizga yoqadi. Malika — talaba. U oliygohning eng oldi qizlaridan. Uning ortidan yurgan yigitlarning sanog‘i yo‘q. Ammo ularning hech biri yurak yutib, Malikaga gapira olmaydi. Mardon esa bunga jur’at qila oladi va qizni sevib qolganini qo‘rqmay aytadi.
Avvaliga shunchaki ermak uchun Mardon bilan gaplashib yurgan Malika yigitni chindan ham sevib qoladi. Yigit va qiz birgalikda ko‘plab qiziq va kulgili voqealarga duch kelishadi.
Mardon qizning otasi bilan uchrashib: «Qizingizga uylanmoqchiman», — deydi. Malika Mardondan xafa bo‘ladi. Unga qarab: «Sizni yomon ko‘raman, keting», — deydi. Mardon tushkunlikka tushadi va qishlog‘iga qaytadi.
Ammo Malika uni sevib qolganini tushunib yetadi. Film so‘ngida Malika Mardonni qidirib qishloqqa boradi va uning vafot etganini eshitib, karaxt bo‘lib qoladi. Mardonni xafa qilganidan afsuslanib yig‘laydi.
Ra’no Egamberdiyeva, Abror Yo‘ldoshev, Bunyod Ro‘zimuhammadov, Sug‘diyona Ubaydullayeva, Faridxon Yo‘ldoshev, Odina Umaraliyeva, Sardor Saydullayev, Doston Rustamjonov, Isroil Ismoilov, Jahongir Jabborov, Dilshodbek Butayev, Aslbek Erqo‘ziyev, Asadbek Saydullayev, Mahmud Choriyev, Robiyabonu Ibrohimova, Feruz Tog‘ayev, G‘iyosiddin Mo‘minov.











































































































































































































































































































