
SOXTA TO’Y
Normurod ancha yillar avval Rossiyaga ishlagani ketgan va u yerda hujjatlarini oldirib qo'ygani sababli ancha vaqtgacha qishlog'iga qaytolmagan. Yillar o'tib vatanga qaytganida o'g'il takasaltang bo'lib katta bo'lganini biladi. Uning o'g'li O'lmas spirtli ichimliklarga ruju qo'ygan, va qishloqdagi hamma do'konlardan qarzdor bo'lib qolgandi. Buning sababi esa ota mehrisiz katta bo'lgani, yaqinlari mehrini ko'rmagani edi. Seni uylantirib odam qilaman deb Normurod uni do'stini qiziga unashtiradi. Lekin yoshlarni biri-birida ko'ngli bo'lmaydi. Ikkalasi ham buni otalariga aytolmaydi. Chunki otalaridan qo’rqishadi. Normurod butun qishloqqa dang'illama to'y qilaman deb jar soladi. Lekin to'y kuni kelin qochib ketadi. O'lmas ichib hammasiga Normurodni aybdor qiladi- faqat sizni hayotiz bilan yashashimiz kerak. Faqat o'zingizni o'ylaysiz, meni hayotim sizga bir pulga qimmat mana endi xoxlasangiz o'zingiz uylaning - deydi. Normurod bu gaplarni ko'tarolmay insult olib joni uzulasi. O'lmas esa otasini yo'qotgach uni tushuna boshlaydi. Lekin kech edi
O‘zbekiston, Biz Media,
MEHRIDDIN RAHMATOV,ASLIDDIN AMRULLAYEV,DILDORA MUHAMMEDOVA,MUNISA RAJABOVA,ORTIQ NURIDDINOV,RUSTAM AHMEDOV,BEKZOD ZOKIROV,O’TKIR MENGLIYEV,SHAXZOD BOYMURODOV,XONDAMIR NIYOZOV,FAZLIDDIN OCHILOV
































































