
Asar markazida Lola va Boburning sadoqatli muhabbati turadi. Bolaligidan beshik kertilgan bu ikki yosh Lola onasi Sanobarning bosimi ostida boy oilaga uzatilish tahdidi bilan yuzlashadi. Bobur vaziyatni o‘nglashga urinadi, biroq kutilmaganda Lola og‘ir kasalga chalinadi. Muolaja uchun katta mablag‘ zarur bo‘ladi.
Seviklisining sog‘lig‘i yo‘lida Bobur boy tadbirkor Davronning talabi bilan uning qizi Umidaga uylanishga majbur bo‘ladi. Bu qaror Boburning oilasi bilan munosabatlariga darz ketkazadi, Lolaning esa iztiroblarini yanada kuchaytiradi.
Boburning asl niyati yashirin qolmaydi — haqiqat oshkor bo‘ladi. Umida asta-sekin Bobur va Lolani tushunib, ularning fidoyiligini tan oladi. Ammo voqealar keskin tus oladi: o‘tmishdagi adovatlar yana bosh ko‘taradi.
Davron Sardor bilan yuzma-yuz kelgan to‘qnashuvda og‘ir yaralanadi. Shunga qaramay, u yangi tug‘ilgan nevarasini ko‘rishga oshiqadi. Asar nihoyasida insoniy tuyg‘ular ustun keladi.
O‘zbekiston, Biz Media,
Sitora Xudoynazarova, Ra’no Shomirzayeva, Shoxnur Sayidaxmadov, Ma’rifat Ortiqova, Dilmurod Uzoqov, Muxlisa Boboqulova, Miravaz Solixov, Muxarram Abduxalilova, Shokir Nosirov ,Maryam Abdullayeva ,Farhod Muxtorov


































































































