
Onasining qaramog‘ida yashaydigan telba yigit plastik chiqindi terib kun kechirardi. Kutilmaganda uning yakkayu yagona onasi ham olamdan o‘tadi.
Onasiga butunlay bog‘lanib qolgan yigit bu judolikdan uzoq vaqt o‘ziga kela olmaydi. Hech kimga kerak emasdek tuyulgan, nochor yigitning hayotiga esa kutilmaganda juda chiroyli, boy oiladan bo‘lgan qiz kirib keladi.
Shu kundan boshlab uning hayoti yorishgandek bo‘ladi. Yigit qiz bilan sayr qiladi, suhbatlashadi va unga qattiq ko‘ngil qo‘yadi. Ammo taqdir bu baxtni ham undan tortib oladi — qiz boshqasiga turmushga chiqadi.
Ikkinchi zarbani ko‘tara olmagan yigit bu haqiqatni anglay olmay, qiz kelin bo‘lib tushgan uy darvozasi oldida kechayu kunduz kutib yuradi. Hatto xo‘rlanadi, kaltak yeydi.
Qiz esa bu turmushda baxt topa olmaydi va oxir-oqibat ajrashadi. Film yakunida ular turmush qurib, baxtli hayot sari qadam qo‘yadi.
Bekjon Zokirov
Rayhona G’aniyeva
Tolib Mo’minov
Shavkat Mamaraimov
Jamshid Xoliqov
Akrom Ahmedov
Tohir Nafasov


































































































