
Yosh yigit Asad sevgan qizi Fazilatga turmush qurish taklifini romantik tarzda bildirishga qaror qiladi. U barcha imkoniyatlaridan kelib chiqib, oddiy, ammo samimiy muhit yaratadi va mahr sifatida tilla zanjir taqdim etadi.
Biroq Fazilat zamonaviy trendlar va ijtimoiy tarmoqlardagi “ideal” hayot ta’sirida kattaroq, qimmatroq e’tibor kutayotganini aytadi. U o‘z qadrining moddiy jihatdan ham namoyon etilishini istaydi. Asad esa muhabbat va samimiyatni ustun qo‘yadi. Shu qarama-qarshilik ikki yosh o‘rtasida jiddiy tushunmovchilikka sabab bo‘ladi.
Voqealar davomida Asad jamiyatdagi o‘zgargan qadriyatlar, muhabbat va moddiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar haqida o‘ylab qoladi. U Fazilatning moddiy talablarini qondirish uchun qarz olishga ham tayyor bo‘ladi, ammo oxir-oqibat o‘z prinsiplariga sodiq qolishni tanlaydi.
Bahodir Nishonov, Otabek Sharipov, Diyora Mustafoyeva, Farangiz Yormatova, Ra’no Shomirzayeva, Gulbahor Dadamirzayeva, Muharram Abduhalilova, Odina Umaraliyeva, Shahzod Ergashev, Abdulaziz Jalilov, Shahnoza Sheraliyeva, Samat Tog‘ayev, Farangiz Ahmedova, Bahrom Jalilov, Xosiyat Rahmonova, Akrom Inog‘omov, Asilbek Erquziyev, Manzura Hamidova, Muhammadvali To‘lamirzayev, Alisher Qurbonov, Durdona Xudoyberdiyeva.








































































































































































































































