
Ko‘p yillar avval Jasurning xatosi sabab ukasi Umid bedarak yo‘qoladi. Bu voqea Jasurning butun hayotini o‘zgartirib, u yillar davomida o‘zini aybdor his qilib yashaydi. Oradan yillar o‘tib, Umid topiladi. Ammo taqdir ularni aka-uka sifatida emas, dushman sifatida yuzlashtiradi. Ular bir-birini tanimay, o‘zaro adovatga borib, hatto mushtlashishgacha yetib borishadi.
Jasur bir qizni sevib qoladi. Ammo qizning oilasi yillar avval Umidni topib, uni o‘z farzandidek tarbiyalab kelgani ma’lum bo‘ladi. Shu tariqa ikki aka-ukaning taqdiri yana bir bor kesishadi. Jasurning onasi esa Umidni ilk ko‘rganidanoq unda o‘g‘liga xos belgilarni sezib, uning aslida kim ekanidan shubhalana boshlaydi.
Vaziyat tobora chigallashib, aka-uka bir-birini o‘ldirish darajasiga yetib keladi. Ammo hal qiluvchi pallada yillar davomida yashirilgan sirlar fosh bo‘ladi. Jasur va Umid aslida aka-uka ekanini, ularning ayriligiga sabab bo‘lgan haqiqiy voqeani bilib qolishadi. Endi ular dushmanlikni chetga surib, oilasini parchalagan sirlar va xatolarning haqiqiy aybdorini izlashga majbur bo‘lishadi.
Asror Hamidov, Shoxnur Saydaxmadov, Shaxsanem Abdijamilova, Zuhra Ashurova, Jumagul O‘lmasova, Odilxon Muhammadxonov, Asror Iminov, Sarvinoz Soyibova, Nozima Umarova, Orif Rajabqulov, Ra’no Egamberdiyeva, Begzod Zulfiqorov, Doston Rustamjonov, Jaxongir Xojmatov, Abror Kabulov, Dilshodbek Nazarbekov, Jaloliddin Tashpo‘latov








































































































































































































































