
Bu voqea tilanchilik qilib pul topayotgan bolalarning ayanchli hayot tarzi va baxtli yakuni haqida. Sardor va Madina, hamda Nargizalarning bu yo‘lga qanday kirib qolgani ssenariyda yoritilgan.
Ular tilanchilik qilib topayotgan pullarini nima qiladilar? Qanday qilib qorin to‘ydiradilar? Bu bolalarning ota-onalari qayerda? — degan savollarga javob topish uchun ularning izidan tushgan o‘qituvchi yigitning ko‘rgan-bilganlari va bolalarga bergan yordami tasvirlangan.
Bu tilanchi bolalarni tilanchilikka undaydiganlar kim? Ssenariyda bu holatlar batafsil yoritilgan.
Davron o‘zi tilanchi bo‘lsa-da, tengqurlariga nisbatan adolatli bo‘ladi. Dovyuraklik qilib, yuragini jaholat qoplagan insonlardan do‘stlarini qutqarishga urinadi. Bu jarayonda o‘zi tan jarohati oladi.
Voqea yakuni yaxshilik bilan tugaydi. Bolalarni davlat o‘z qaramog‘iga oladi va ularning ta’lim-tarbiya olishida o‘qituvchi yigit Malik ko‘maklashadi.
Odilxon Muhammadxonov, Kamila Alimova, Samia Zafarova, Odilbek Hamidullayev, Sur’at Islomov, Jumagul O‘sarova, Muslimbek Nuraliyev, Sitora Xayrullayeva, Xondamir Niyozov, Fazliddin Ochilov, Otabek Xaqberdiyev, Ma’ruf Otajonov, Jahongir Jabborov, Oyatillo Ortiqov, Baxtiyor Kamilov, Oybek Xamidov, Muhammadamin Xo‘djamqulov, Bekberganova Rayhona, Bekberganova Munisa








































































































































































































































