BizMedia
Yovvoyi atirgul

Yovvoyi atirgul

Tizerni ko'rish

20 yil avval tug‘uruqxonada hamshiraning xatosi sababli ikki chaqaloq adashib, butunlay turli muhitlarda ulg‘ayadi.

Shirin — ziyoli va badavlat oilada o‘sadi, lekin xudbin, yengiltak va qaysar qiz bo‘lib voyaga yetadi.

Komila — nafsiga berilgan, shallaqi ayolning qo‘lida, fahsh va zulm muhitida katta bo‘ladi, ammo pokligi, iffati va samimiyligini saqlab qoladi.

Muhabbat Komilani boy va kayf-safoga o‘ch erkakka sotishga uringanida, Komilani yashirincha sevib yurgan, miyasida o‘simtasi bor yigit — Halid uni xavfdan qutqaradi, biroq o‘zi og‘ir jarohat oladi.

Ko‘chada sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar va kutilmagan tasodiflar sababli sobiq hamshira Saida 20 yillik sirni fosh qiladi.

Shirin haqiqatni bilgach, tuqqan onasi singari boylik va erkinlik ortidan chet elga chiqib ketadi. Komila esa o‘zining haqiqiy ziyoli ota-onasi bilan topishib, oilaviy xotirjamlikka erishadi. Xorijda og‘ir xastalikni yengib qaytgan Halid bilan uchrashib, o‘z baxtini topadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2026-yil

Davomiylik

73 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Shaxzod Hojizoda

Operator

Sohib Durdiqilichov

Ssenariy muallifi

Umida Ashurova

Rollarda

Nurjaxon Xaydarova, Sug'diyona Ubaydullayeva, Gulnoza Saidova, Muharram Abduhalilova, Farxod Muxtorov, Akmal Xolxo'jayev, Abror Mallaboyev, Alimardon Ziyovuddinov, Adham Ahmadaliyev, Dildora Muhammedova, Zaxro Mamataliyeva, Abdulaziz Jalilov, Sitora Xayrullayeva, Sarvinoz Eshboyeva