
Salima o‘g‘li Davronni tezroq uylanishga undaydi. Bunga sabab — sog‘lig‘ining tobora yomonlashayotgani edi. Ammo Davron rozi bo‘lmaydi: onasi tavsiya qilgan qo‘shni qizga ko‘ngli yo‘q.
Bir kuni kechasi Davronga o‘g‘rilar hujum qiladi. Uni tasodifan Nigina ismli qiz qutqarib qoladi. Davron Niginaga ko‘ngil qo‘yadi va onasining qarshiligiga qaramay unga uylanadi.
Ammo bu nikoh ortida fitna yashiringan edi. Zafar Salimadan o‘ch olish maqsadida Niginani bu ishga aralashtirgan bo‘ladi. Nigina Salimaning dorisiga har kuni oz-ozdan zahar qo‘shib, uni shol qilib qo‘yishi kerak edi.
Davron haqiqatdan xabar topadi. Ma’lum bo‘lishicha, Zafar to‘rt yil avval Salimaning qo‘lida ishlagan, kompaniyaning qariyb ikki milliard so‘m mablag‘ini o‘zlashtirgani uchun qamalib chiqqan edi. Oxir-oqibat u aybini tan oladi.
Yakunda Davron qo‘shni qiz Jamila bilan turmush quradi.
Mukarrama Bekmurodova
Otabek Sharipov
Dilnoza Parpiyeva
Musulmon Yunusov
Jumagul Azamjonova
Marjona O‘ljayeva


































































































