BizMedia
Tanlov

Tanlov

Tizerni ko'rish

Orif va Shokir — qamoqda do‘stlashgan sobiq mahbuslar. Shokir og‘ir kasal qizi Umidani davolatish uchun Orifga o‘g‘irlik taklif qiladi. Orif avval rad etadi, ammo Umidaga achinib rozi bo‘ladi. Shu jarayonda Umidaga nisbatan hislari uyg‘onadi.

Kutilmaganda Orif sobiq sevgilisi Maftunaga duch keladi. Maftuna boy, ammo yolg‘iz. Jinoyat kuni yaqinlashganda Orif undan yordam so‘raydi. Maftuna pul berishga rozi bo‘ladi, lekin shart qo‘yadi — Orif unga uylanib, o‘g‘liga ota bo‘lishi kerak.

Orif Umidani qutqarish uchun bu shartni qabul qiladi. O‘g‘irlik bekor qilinadi. Umida sog‘ayadi, ammo Orif g‘oyib bo‘ladi.

Keyin ma’lum bo‘ladi: Maftuna og‘ir kasal edi. Vafotidan oldin u o‘g‘lini Orifga omonat qiladi. Orif bolani tarbiyalab yashaydi.

Oradan vaqt o‘tib, Umida Orifni topadi. Haqiqat ochiladi. Umida muhabbatidan voz kechmaydi — ular turmush quradi.

Bu hikoya muhabbat, fidoyilik va kechirim haqida.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

83 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Akbar Insopov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Sanjar Mamanazarov

Rollarda

Shohruz Ismoilov
Rayyana Jo‘rayeva
Miravaz Solixov
Gulbahor Dadamirzayeva
Masuda Otajonova
Asal Axralxo‘jayeva
Javoxir Odiljonov