
Hayotda og‘ir sinovlarga duch kelgan Aziz onasi bilan yolg‘iz yashaydi. U 18 yoshli, sofdil va juda tirishqoq yigit. Onasi og‘ir xasta. Ikkala buyragi ham ishdan chiqib bormoqda va shifokorlar uning hayotini saqlab qolishning yagona yo‘li operatsiya ekanini aytishadi.
Aziz e’lon orqali ish izlab, badavlat bir insonning uyiga ishga kiradi. Uy egasi qattiqqo‘l va talabchan odam edi. Uning qizi esa Azizga doimo yordam berib turadi. Aziz maoshini oldindan olib, onasiga dori-darmon xarid qiladi.
Bir kuni u uyda ishlayotgan paytda shifoxonadan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Undan zudlik bilan shifoxonaga yetib kelishi so‘raladi. Shifokorlar onasini uch kun ichida operatsiya qilmasa, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmasligini aytishadi.
Aziz operatsiya uchun zarur pulni topa olmay, ishlayotgan uyiga o‘g‘rilikka tushishga qaror qiladi. Pulni qidirayotgan paytda u tasodifan onasining yoshlikdagi suratini ko‘rib qoladi. Shunda dahshatli haqiqat ayon bo‘ladi: uy egasi uning 17 yil avval ajralib ketgan otasi, uy egasining qizi esa uning opasi ekan.
Shu tariqa, 17 yil avval parchalangan oila yana birlashadi.
Aslbek Orziyev, Muhammad Abdujabborov, Mehriddin Raxmatov, Ma'rifat Ortiqova, Zarina Yo'ldosheva, Mansur Egamberdiyev, Zulfiya Mahkamova, Laziz Orziyev, Gulasal Ahmedova, Jasmina Agzamova, Shavkat Mamarahimov, Rahmatilla Shokirov, Omon Fayziyev, Asadbek Abdujabborov, Xayot Aliyev, Maxfuza Eshmurodova, Jahongir Xojimatov


































































































































