BizMedia
Faridam

Faridam

Tizerni ko'rish

Kechki payt Faridaning onasi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ladi. Oradan yillar o‘tadi. Farida ukasi Sardor va singlisi Shabnam bilan yolg‘iz yashab, oilaning ro‘zg‘orini ko‘taradi. Otasi Murod esa boshqa ayol — Zuliya bilan turmush qurgan.

Farida Shaxzod bilan sevishadi. Shaxzod Murodning qo‘l ostida ishlaydi, biroq ular o‘rtasidagi bog‘liqlikdan bexabar. Tasodifiy uchrashuv haqiqatni ochadi va mojarolar boshlanadi.

Murod o‘g‘li Sardorni o‘z uyiga olib ketadi. Zuliya bilan kelishmovchiliklar kuchayadi. Farida o‘gay onaning xiyonatini fosh etadi, natijada Murod qamaladi.

Shaxzod esa vijdon azobida yashaydi: yillar avval Faridaning onasini aynan u mashinasi bilan urib ketgan edi. Oxiri u haqiqatni tan olib, o‘zini qonun qo‘liga topshiradi.

Yillar o‘tib ozodlikka chiqqan Shaxzod Faridani ko‘rishga keladi. Ammo Farida allaqachon boshqa hayotni tanlagan edi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

88 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Akbar Insopov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Sanjar Mamanazarov

Rollarda

Sitora Xudoynazarova
Doniyor Risqiyev
Otabek Sharipov
Dilafruz Usmonova
Asadbek Abdullayev