
Lola — 25 yosh, jurnalist. Besh yil avval ota-onasi avtohalokat oqibatida vafot etgan. Ammo Lola bu fojiani tasodif deb bilmaydi. U “Quyoshcha” firmasi rahbari Sarvar Alimovichni bu ishga aloqador, deb gumon qiladi. Chunki Lolaning otasi IIB xodimi bo‘lib, aynan shu firmada tintuv o‘tkazayotgan edi. Firma o‘yinchoq ishlab chiqarish niqobi ostida noqonuniy moddalarni yashirincha eksport qilish bilan shug‘ullangan.
Lola haqiqatni ochishga qat’iy bel bog‘laydi. Tasodifan Sardor bilan tanishadi va ular orasida muhabbat paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa Sardor Sarvar Alimovichning o‘g‘li ekani ma’lum bo‘ladi. Lola buni avvaliga o‘yin, deb o‘ylaydi. Aslida esa Sardor chin dildan qizni sevib qolgan edi.
Bir kuni Lolaning qo‘liga sirli fleshka kelib tushadi. U firmadagi jinoyatlarni fosh etishga qaror qilganida voqealar keskin tus oladi. Sarvar Alimovich Lolani garovga olib, fleshkani bermasa o‘ldirish bilan tahdid qiladi. Sardor qizni qutqarishga urinadi, ammo pichoq zarbasiga uchraydi.
Merdan Matvaliyev
Sitora Xudoynazarova
Abror Yuldoshyev
Feruza Mustayeva
Shaxrizoda Dexqonova
Ahror Alijonov
Abror Mallaboyev


































































































