
Odil qishloqda oilasi — qizi Shoira, o‘g‘li Shohrux va xotini Maftuna bilan yashaydi. Daromadi yetarli bo‘lmagani sabab, yaxshiroq hayot ilinjida xotinining qarshiligiga qaramay shaharga ketadi.
Shaharda Odil boy ayol Zamiraning e’tiborini tortadi. Zamira uni pul va hasham bilan o‘ziga rom etib, shubhali ishlarga aralashtiradi. Natijada Odil oilasidan uzoqlashadi. Maftuna shaharga kelib, uni topadi va bolalari bilan qishloqqa qaytadi.
Oradan vaqt o‘tib, Shohruxga o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yiladi. Maftuna Odildan yordam so‘raydi. Avvaliga ishonmagan Odil, buyrak ko‘chirish zarurligini bilib, rozi bo‘ladi.
Zamira yordam berishdan bosh tortadi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tadi, biroq Odil sog‘lig‘i evaziga o‘g‘lining hayotini saqlab qoladi.
Final sahnada Maftuna, Shoira va sog‘aygan Shohrux Odil qabri oldida turib, uning fidokorona sevgisini yod etadi.
O‘zbekiston, Biz Media,
Laziz Orziyev
Saida Umarova
Zumrad Eshonqulova
Maxsuma Hikmatova
Timur Komilov
Jahongir Qo‘chqorov
Sherzod Abduvaliyev


































































































