
Gulnora — hayot zarbalari sabab muhabbatga ishonchini yo‘qotgan, erta turmush qurib, keyinchalik ajrashgan ayol. U barcha orzularini yuragiga ko‘mib, faqat farzandi uchun yashaydi.
Kutilmaganda uning hayotiga Shohruh kirib keladi — kamgap, o‘tmishda og‘ir aybi bor, ammo qalbi toza erkak.
Ikki singan yurak sekin-asta bir-biriga moyil bo‘la boshlaydi. Lekin Shohruhning o‘tmishi, Gulnoraning qo‘rquvlari va atrofdagilarning gap-so‘zlari ularning muhabbatiga to‘siq bo‘ladi. Gulnora uni sevsa-da, yana bir bor aldanishdan qo‘rqadi.
Gulnoraning qizi — Go‘zal, 19 yoshda. U o‘qishga kirmay, o‘qishni tashlab ketadi. Onasini qizg‘anadigan, qaysar qiz.
Shu payt Gulnoraning qiziga bog‘liq sir ochiladi — qiz tasodifan jinoiy to‘rga ilinib qolgan bo‘ladi. Shohruh o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, qizni qutqarishga harakat qiladi. Bu uning o‘tmishdagi gunohlarini yuvish imkoniyatiga aylanadi.
Haqiqat oshkor bo‘lganida, Gulnora og‘ir tanlov oldida qoladi: yuragini yana yopib, tinch hayotni tanlash yoki muhabbat uchun hamma narsadan voz kechish.
Film sevgi faqat baxt emas, balki jasorat ekanini, inson esa chin muhabbat orqali qayta tug‘ilishini ko‘rsatadi.
O‘gay ota qizni yomon insonlar qo‘lidan qutqarib qoladi. Orada qiz haqiqiy otasining oldiga boradi. Ammo otasi uni bag‘riga bosish o‘rniga: «Boshqa oilam bor, meni bezovta qilma, qizim. Meni tushun», deya undan yuz o‘giradi. Bu holat qizga juda og‘ir zarba bo‘ladi.
Qiz kuchli ruhiy bosim ostida qoladi. Dori ichishni boshlaydi, psixotrop dorilar iste’mol qiladi. O‘gay otasi Gulnoraning qizi uchun qattiq siqilayotganini ko‘rib, unga yordam beradi va qizning davolanishiga ko‘maklashadi.
Avvaliga qiz onasining bu erkakka turmushga chiqishiga qarshi bo‘ladi, uni yomon ko‘radi. Keyinchalik esa Shohruhning yaxshi inson ekanini tushunib, unga nisbatan munosabati o‘zgaradi va onasiga baxt tilaydi.
Shohruh nihoyatda mehribon, oqko‘ngil va yolg‘iz ayolga chinakam suyanch hamda himoyachi bo‘la oladigan erkak sifatida tasvirlanadi.
Nigina Anarbayeva, Mirolim Qilichev, Shaxzoda Xo'jayeva, Ziyoda Normurodova, Abdulaziz Nosirov, Abdulla Odilbekov, Mavluda Roziqova, Orif Rajabqulov, Zaxro Mamataliyeva, Nuriddin Mo'minov, Mirtolib Mirkomilov, Bekzod Usarov, Bekzod Shaymatov, Abror Kabulov, Shahzod Ibragimov, Farxod Muxtorov, Sanjar Izzatullayev








































































































































































































































