BizMedia
Rashk oʻti

Rashk oʻti

Tizerni ko'rish

Ravshan va Gulnoza ikki qizi bilan harbiylar uchun ajratilgan uyda yashaydi. Ravshan xizmatdan charchab qaytadi, biroq oilasiga yetarlicha e’tibor bera olmaydi. U hatto tunda ham harbiy odatlaridan voz kecholmay, uxlab yotgan holda xotiniga buyruq beradi. Gulnoza esa buni jiddiy qabul qiladi.

Vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasida sovuqlik paydo bo‘ladi, janjallar kuchayadi. Oxir-oqibat, Gulnoza arazlab ota uyiga ketadi. Ravshan esa mashinasini ta’mirlab, ta’til olib, xotinini qaytarishga urinadi. Ota-onalar aralashib, ularni yarashtiradi.

Ko‘p o‘tmay, Ravshanning lavozimi oshadi va u boshqa joyga yuboriladi. Bu xushxabarni Gulnozaga o‘zgacha tarzda yetkazmoqchi bo‘lib, go‘yoki jarohat olganini ayttiradi. Gulnoza bolalari bilan yugurib keladi. Shu yerda Ravshan haqiqatni tushuntirib, uzr so‘raydi. Ular yarashib, yangi joyga birga ko‘chib ketishga qaror qiladi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

82 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Shohsanam Elabatova

Rollarda

Husan Mirmaqsudov, Maftuna Jo‘rayeva, Abduhalil Mingnorov, Zuhra  Ashurova, Aleksandir Bekjonov, Mehri Bekjonova, Saida Umarova, Zarif Xasanov