
Zilola — 24 yosh, hayot sinovlarida ko‘p qiynalgan qiz. Ota-onasi ajrashganidan so‘ng u otasi bilan Farg‘onada yashaydi. Otasi ichkilikka berilib, mast paytlarida qizini uradi. Oxir-oqibat Zilolaning sabri tugaydi va u onasining oldiga — Toshkentga ketishga, o‘tmishni unutishga qaror qiladi.
Onasi Toshkentda badavlat inson — Jafarga turmushga chiqqan, Jafarning esa avvalgi turmushidan Abror ismli o‘g‘li bor. Zilola yangi muhitga moslashadi. O‘gay otasi Jafar mehribon va oqko‘ngil inson bo‘lib chiqadi, Zilola u bilan oson til topadi. Biroq Abror qo‘pol va sovuqqon yigit edi. Dastlab ular bir-birini ko‘rishga ko‘zi yo‘q bo‘ladi.
Vaqt o‘tib, munosabatlar kutilmaganda o‘zgaradi — Zilola va Abror bir-birini sevib qoladi. Abror qizni turli janjalli vaziyatlardan himoya qiladi. Shu bilan birga, Zilolaning Farg‘onada va’dalashgan yigiti ham bor edi. Zilola ketgan kuniyoq uning boshqa qiz bilan yurganini bilib, aloqani uzadi. Yigit keyinchalik Toshkentga uzr so‘rab keladi, ammo Zilola uni yaqiniga ham yo‘latmaydi. Abror esa qizni himoya qiladi.
Hammasi iziga tushgandek tuyulgan paytda Zilolaning tobi qochadi. Ma’lum bo‘lishicha, u saratonga chalinganini hammadan yashirib kelgan edi. Endi esa yaqinlari uni davolatish uchun kurash boshlaydi.
Muhammadali Aliyev
Gulruxsor Tohirjonova
Asadilla Nabiyev
Nodira Murtozoyeva
Ziyoda Ro‘ziqulova
Aziza Donoboyeva
Odina Umaraliyeva
Xondamir Niyozov


































































































