
Yodgor tasodifan o‘zining asrab olinganini bilib qoladi va haqiqiy ota-onasini izlashga tushadi. Unga yaqin do‘sti Aziz hamda uning otasi, qurilish kompaniyasi rahbari Isfandiyor yordam berishga rozi bo‘ladi.
Ammo ko‘p o‘tmay Yodgor dahshatli haqiqatni bilib qoladi: uning onasini homilador paytida balandlikdan itarib yuborgan inson — aynan Isfandiyor, ya’ni uning haqiqiy otasi bo‘lib chiqadi.
Qasos va vijdon azobi o‘rtasida qolgan Yodgor Isfandiyorni o‘z jinoyatini tan olishga majbur qiladi. Isfandiyor aybini tan oladi va bu voqeaga Aziz ham guvoh bo‘ladi. Tortishuv chog‘ida Aziz bilmasdan Yodgorni itarib yuboradi va u balandlikdan qulab tushadi.
Yodgor tirik qoladi, Isfandiyor esa jinoyati uchun qamaladi. Aziz aybdorlik azobida qoladi, ammo Yodgor uni kechiradi. Oxir-oqibat u biologik otasini emas, balki uni tarbiyalab, voyaga yetkazgan insonni o‘zining haqiqiy va yagona otasi deb biladi.
Loglayn:
Haqiqiy otasini izlagan yigit uning onasini o‘ldirgan inson ekanini bilib qoladi va qasos hamda kechirim o‘rtasida og‘ir tanlovga duch keladi.
Timur Kubayev, Miravaz Solihov, Hasan Habibullayev, Fazliddin Ochilov, Xurshid To‘xtayev, Zilola Po‘latova, Iqbol Oshiqov, Odina Umaraliyeva, Jahongir Qo‘chqorov








































































































































































































































