BizMedia
Sevgi operatsiyasi

Sevgi operatsiyasi

Tizerni ko'rish

Munisa — o‘z kasbiga mas’uliyat bilan yondashadigan tergovchi. U xizmat jarayonida Mahmud ismli yigitni jinoyatchi deb gumon qilib, uning kirdikorlarini fosh etish maqsadida iziga tushadi. Dastlab ular bir-birini yoqtirmaydi — o‘rtada ziddiyatlar, kelishmovchiliklar va tortishuvlar yuz beradi.

Vaqt o‘tishi bilan qarama-qarshiliklar muhabbatga aylanadi. Mahmud va Munisa oila quradi. Biroq Mahmudning onasi kelinining tergovchi bo‘lishini istamay, Munisani qabul qilmaydi. Qaynona-kelin o‘rtasidagi keskinlik oilaviy sinovlarga sabab bo‘ladi.

Fojeali hodisa yuz beradi: Munisa homiladorlik davrida hujumga uchrab, pichoqlanadi. U farzandidan ayriladi. Sog‘ayish jarayoni uzoq davom etadi va unga bir necha yil homilador bo‘lish taqiqlanadi. Oila munosabatlari jar yoqasiga keladi.

Mahmudning onasi ajrashishni talab qiladi. Ammo Mahmud og‘ir damlarda xotinini yolg‘iz qoldirmaydi. Ular bir-biriga suyanib, sinovlardan o‘tadi. Oxir-oqibat, ular farzandli bo‘ladi, qaynona-kelin munosabatlari ham iliqlashadi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

72 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Shohruh Murodov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Turonbeka Sharofiddinova

Rollarda

Farangiz Yormatova, Asror Hamidov, Mashhura Holmedova, Feruza Meliboyeva, Baxtiyor Musayev, Oygul Abdurahmonova, Sardor Sayidullayev, Alimardon Ziyovuddinov, Timur Kubayev