
Voqealar Sherdilning Amerikadan O‘zbekistonga qaytishi bilan boshlanadi. Sherdilning ota-onasi — Anvar aka va Gulruh opa uni Samiyaga uylantirmoqchi. Chunki ular Samiyaning oqsoq bo‘lib qolishida o‘zlarini aybdor his qilishadi va unga: “Seni kelin qilamiz”, — deb va’da berishgan. Sherdil esa Samiyani faqat do‘st deb biladi va bu nikohga qarshi.
Sherdil ko‘chada ehtiyotsizlik qilib Zeboni turtib yuboradi va uning kompyuterini sindirib qo‘yadi. Aybini yuvish uchun unga yangi kompyuter olishga pul beradi. Keyinchalik Zebo charchoq tufayli bekatda hushidan ketganida, Sherdil uni qutqarib, o‘z klinikasiga olib boradi. Shu voqealar davomida Sherdil Zeboni yaxshi ko‘rib qoladi.
Samiya Sherdilni yaxshi ko‘radi va uning yonida qolishi uchun oyog‘ining davosi borligini yashiradi. U Sherdilning aybdorlik hissidan foydalanishga harakat qiladi. Zebo bilan kursdosh bo‘lgani sababli, pul evaziga darslarini unga qildiradi.
Zeboning ichkilikka berilgan otasi Javlon aka qizining topgan pullarini tortib olib turadi. Bu esa Zeboni yanada ko‘proq ishlashga majbur qiladi.
Film oxirida Sherdil va Zebo bir-birlariga ko‘ngil qo‘yishadi. Sherdil ota-onasining qarshiligiga qaramay, o‘z baxti uchun kurashadi. Yakunda Zebo va Sherdil birgalikda Amerikaga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgani, yaqinlari esa ularni aeroportda baxt tilab kuzatib qolayotgani tasvirlanadi. Sherdilning onasi Zeboni o‘z qizidek qabul qiladi.
Jahongir Teshaboyev, Muxlisa Boboqulova, Gulruhsor Tohirjonova, Shahzoda Turg'unova, Aleksandr Bekjanov, Zuhra Ashurova, Gulnoza Saidova








































































































































































































































