
Voqea janozadan boshlanadi. Ayollar orasida telba Nigora qo‘g‘irchoqni allalab o‘tiribdi. Ayollar: “Onasi o‘lganini hali ham tushunmayapti”, deyishadi.
Jamol kirib keladi va onasiga:
— Ona, buvimni olib ketishadi, xayrlashing, — deydi.
Nigora birdan nimanidir tushungandek Jamolni quchoqlab yig‘laydi.
Jamolning onasi ruhiy kasal. O‘zi bilan o‘zi ovora, birovga zarari tegmaydigan, hokisor telba ayol. Jamol onasiga ovqat yediradi, bozorga olib borib kiyintiradi. Undan boshqa hech kimi yo‘q.
Jamolning sevgan qizi bor. Bir kuni u onasi bilan sovchilikka boradi. Ammo sevgan qizining oilasi bunga rozi bo‘lmaydi.
— Onangizdan qo‘rqamiz. Uni shifoxonaga joylashtirsangiz, mayli, rozimiz, — deyishadi.
Jamolning jahli chiqadi va onasini olib chiqib ketadi.
Jamol shifokor bo‘lib ishlaydi. Sevgan qizi esa hamshira bo‘lib ishlardi.
Qiz:
— Mendan shunchalik oson voz kechib ketaverasizmi? — deb yig‘laydi.
Jamol esa:
— Men onamdan voz kechmayman, — deydi.
Qiz arazlab, ishdan bo‘shab ketadi.
Umid Sobirov, Sarvinoz Mansurova, Xusniya To'ramurodova, Zulfiya Raimqulova, Fariza Mirzayeva, Masuda Otajonova, Yo'ldosheva Mahfuza, Shaxzoda Etgashxojayeva, Mansur Egamberdiyev, Toxir Nafasov, Laylo Najmullayeva, Sevara Xaydarova, Ozoda Dadanova, Yulduz Jo'raqulova, Shoira Tog'aeva, Ozoda Mirzajonova


































































































































