BizMedia
Vijdon azobi

Vijdon azobi

Tizerni ko'rish

Maruf o‘g‘lining operatsiyasi uchun hech qayerdan pul topa olmaydi. Oxir-oqibat u do‘sti bilan o‘g‘rilikka qo‘l urishga majbur bo‘ladi.

O‘g‘rilik chog‘ida tasodifan uy egasi — oltmish yoshlardagi kishining o‘limiga sababchi bo‘ladi. Keyinchalik ma’lum bo‘ladiki, halok bo‘lgan odam Marufning o‘g‘lini operatsiya qilgan shifokorning otasi ekan.

Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tadi, o‘g‘li sog‘ayadi. Ammo Marufni vijdon azobi tark etmaydi. U haqiqatni shifokorga aytmoqchi bo‘ladi, biroq jur’at topa olmaydi.

Bir kuni do‘stiga dardini ochadi. Do‘sti esa: “Bo‘lar ish bo‘ldi, endi hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi”, deydi. Shu payt uni mashina urib ketadi va u halok bo‘ladi.

Film davomida Maruf ichki iztiroblar bilan yashaydi. Yakunda o‘g‘lining ahvoli yana og‘irlashgach, u shifokor huzurida barcha aybini tan oladi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

62 daqiqa

Asl til

O'zbek

Rejissyor

Isroil Ismoilov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Zuhriddin Rustamov, Nodira Saidazimova

Rollarda

Asror Hamidov
Rasulxon Qidirxonov
Asal Axralxo'jayeva
Fazliddin Ochilov
Abror Mallaboyev
Charos Rizayeva
Shavkat Mamaraimov
Ra'no Shomirzayeva
Mashxura Xolmedova
Zaxro Mamataliyeva
Jasur Pirnazarov