
Aka befarzand bo‘lganligi uchun oilasida muammolar paydo bo‘la boshlaydi. Katta kelin qaynonaga jiyan bo‘lganligi uchun undan voz kechgisi kelmaydi. O‘ylab-o‘ylab, qarindoshlar bilan maslahatlashib, kichik kelinning farzandini katta o‘g‘liga olib berishni mo‘ljallaydi.
«Sizning etagingiz to‘la bola, istagancha tuqa olasiz, lekin mullakangizning oilasi-chi? Barbod bo‘lib ketaversinmi?» — deb qaynona kichik kelinni bolasini berishga majbur qiladi.
Kichik kelin avvaliga arazlab ketib qoladi. Keyin erini yaxshi ko‘rgani uchun majbur bo‘ladi. Bu orada ovsini kichik ovsinga yalinib, rosa ota uyiga «bolangizni bering» deb qatnaydi. Kichik kelin bolasini beradi va o‘sha kundan boshlab katta o‘g‘il o‘zi uchun alohida uy olib chiqib ketadi.
Kichik kelin bolasini ko‘rgisi kelib, har kuni azob chekadi. Ovsinisining uyiga borganida, uni kiritishmaydi. Katta ovsin kichik ovsindan o‘zini olib qochadigan bo‘ladi. Eriga: «Ovsinimning niyati yomon, bolasini qaytarib olmoqchi, xorijga ketaylik», — deb ko‘ndiradi. Er-xotin bolani olib, xorijga ketishadi.
Oradan 20 yil o‘tib, ular qaytishadi. Faqat katta ovsin olamdan o‘tgan. Ota va o‘g‘ilning o‘zlari qaytishadi. Bolaning onasi qizi bo‘lsa-da, o‘g‘lini ko‘rgisi keladi. Lekin o‘g‘li onasini butkul bepisand kutib oladi. Chunki bu paytda o‘g‘il maishatga berilib ketgan, bosar-tusarini bilmaydi.
Bir kuni shifokorlar yigitning jigari qurib borayotganini, zudlik bilan donor topish zarurligini aytishadi. O‘gay otasi donor topishga kirishadi. Haqiqiy ona esa hech ikkilanmay donor bo‘lishga rozi bo‘ladi.
Operatsiyadan so‘ng yigit donor bo‘lgan ayol o‘zining haqiqiy onasi ekanligini va o‘tmishdagi bor haqiqatdan xabardor bo‘ladi. Va yuragini tirnayotgan yaralarga malham topgandek bo‘ladi.
Xosiyat Husanova, Ma'rifat Ortiqova, Hamid To'xtayev, Gulnoza Saidova, Begzod Shaymatov, Ziyoda Normurodova, Xusniya To’ramurodova, Doston Jo'rayev, Rasul Yo'ldashev, Nurjon Berdiyev, Nasiba Tursunova, Shahzoda Usmonova, Oydinoy Islomjonova








































































































































































































































