
Film Zafar ismli yigitning boy oilaning qizi Zarina bilan tanishuvidan boshlanadi. U Zarinaga ingliz tilini o‘rgatish uchun keladi, biroq qiz dars qilish o‘rniga suhbatlashishni afzal ko‘radi. Bir kuni Zarina Zafardan: “Qiziqarli hikoya aytib bering”, deb so‘raydi. Shunda Zafar “Sehrli uzuk” nomli hikoyani to‘qib ayta boshlaydi — filmning asosiy voqealari aynan shu hikoya orqali ochiladi.
Bobur ismli tortinchoq yigit har kuni Maftunani kuzatadi, ammo unga sevgisini izhor eta olmaydi. Kutilmaganda u bir kampirdan sehrli uzuk sotib oladi. Uzukni taqqan odam Boburni sevib qoladi. Dastlab bu holatni uning boshlig‘i Shaxzoda “tasdiqlaydi”. Keyinchalik uzuk tasodifan Maftunaning qo‘liga tushadi va u Boburga mehr qo‘yadi. Maftunaning unashtirilgan yigiti bunga qarshi chiqadi va ular o‘rtasida to‘qnashuv yuz beradi.
Shu jarayonda Zafar va Zarinaning munosabatlari ham chuqurlashadi — ular bir-birini sevib qolishadi. Film yakunida esa Bobur boshidan kechirgan barcha voqealar aslida tush ekanligi ma’lum bo‘ladi.
O‘zbekiston, Biz Media,
Otabek Sharipov, Kumush Zokirova, Shahzod Xojizoda, Aziza Danaboyeva, Gulnoza Saidova, Baxtiyor Musaev, Umid Sobirov, Xondamir Nezov, Mashhura Xolmedova


































































































