BizMedia
Bir uyda sevishganlar

Bir uyda sevishganlar

Tizerni ko'rish

Samad ochiqko‘ngil, samimiy, ammo biroz maqtanchoq va yolg‘on gapirishga moyil yigit. U Vazira bilan ilk uchrashuvda qizni rom etish maqsadida turli yolg‘onlarni to‘qiydi: “Otam yirik tadbirkor, chet elda ham uylarimiz bor, mashinalarimiz ko‘p”, va hokazo. Vazira ham bo‘sh kelmay, otasining Samadning otasidan kam emasligini aytadi. Ikkisi birinchi uchrashuvdan yoqimli taassurot bilan qaytadi.

Aslida Samadning otasi Zafar oddiy kirakash bo‘lib, ular ikki xonali uyda yashashardi. Bir kuni Zafar o‘g‘li Samadga hovli sotib olganini va endi hovliga ko‘chib o‘tishlarini aytadi. Samad hayratga tushadi. “To‘g‘ri, juda katta emas, lekin baribir hovli-da”, deydi otasi.

Oila yangi uyga ko‘chib borganda, uydan Vazira chiqib keladi. Samad va Vazira bir-birini ko‘rib karaxt bo‘ladi, ammo tanish ekanliklarini hech kimga sezdirmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, bu uyni Zafarga sotgan shaxs uni avval Vaziraning otasiga ham sotgan ekan. Vaziraning otasi ham oddiy santexnik.

Ikki ota o‘rtasida keskin tortishuv boshlanadi. Yurist chaqiriladi. Nihoyat, firibgar topilguncha ikki oila bir uyda yashab turishga kelishib oladi.

Samad Vazirani sevadi, shu sababli unga kelgan sovchilarni turli bahonalar bilan qaytaradi. Vaziraning ota-onasi bundan qattiq ranjiydi. Ikki oilaning o‘zaro “dushmanligi” kulgili vaziyatlar orqali tasvirlanadi.

Voqealar rivojida tomonlar yarashadi va quda bo‘lishga ahd qiladi. Oxir-oqibat, uyni aldab sotgan firibgar ham topiladi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

85 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Isroil Ismoilov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Nizomiddin Moʻminov

Rollarda

Tal’at Yuldoshev

Kamilla Gmandinova

Tamara Xazratqulova

O‘tkir Mengliyev

Bahodir Mirmaqsudov

Timur Kubayev

Zilola  Po‘latova