
Aziz va Shahzoda sevib turmush quradi. Oradan vaqt o‘tib, Shahzoda og‘ir teri kasalligiga chalinadi. Aziz esa barcha bosimlarga qaramay, uni tark etmaydi.
Shahzoda erining hayotini yengillashtirish uchun ketishga qaror qiladi. Ammo shu payt Aziz avtohalokatga uchrab, ko‘r bo‘lib qoladi. Shahzoda unga sadoqat bilan g‘amxo‘rlik qiladi.
Kasallik kuchayadi va Shahzoda vafot etadi. Film yakunida esa kutilmagan haqiqat ochiladi — Aziz aslida ko‘r emas edi. U xotinining dardini yengillatish uchun o‘zini ko‘r qilib ko‘rsatgan.
Bu hikoya chin muhabbat, fidoyilik va kechirim haqida.
Sanjar Nomozov
Zaxro Mamadaliyeva
Shaxrizoda Alimjonova
Vazira Yunusova
Jabbor Toshyev
Doniyor Rixsitillayev
Gulmira Muxammedova
Shavkat Mamaraximov


































































































