
Bexato, [31.10.2025 18:31]
Sinopsis
Uydan qochish.
Avazbek katta binesmen. Xashamatli uyda xotini nilufar va 6 yoshli o‘g‘li Imron bilan yashaydi. Avazbek ko‘rinishidan kibrli, jaxldor odam. Nilufarni ko‘rinishi sirli va o‘ychan. Bir kuni Imronni tug‘ilgan kuni bo‘ladi. Avazbek o‘g‘liga syurpiriz qilish maqsadida ertak qaxramonini uyiga olib keladi. Ertak qaxramoni rolini Bobur ismlim yigit o‘ynaydi. Bobur kiyimni kiyib uyga keladi. Imronni tabriklaydi. Imron xursand bo‘ladi. Bobur kiyim ichida Nilufarni tanib qoladi. Nilufar bilan Bobur bir necha yillar avval birga sevishib yurgan edi. Ammo Nilufarni arzimas aybi uchun Bobur undan voz kechgan edi. Bobur o‘tgan voqealarni bir muddat eslaydi. "U judayam ochilib ketibdi." deb qalbidan o‘tkazadi. Bazm payti xamma o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib turgan payt Nilufar Boburni oldiga chaqiradi. Bobur kiyimni bosh qismini yechadi. Ko‘zlar ko‘zlar bilan to‘qnashadi. Nilufar Boburni ko‘rib xayajonlanadi. O‘zini qo‘lga olib baxtli ekanligini aytadi. Keyin maqsadini aytadi. Boburdan kiymini berib turishini, uni kiyib o‘g‘li bilan o‘ynashini iltimos qiladi. Bobur rozi bo‘ladi. Nilufar kiyimni kiyib Imron bilan o‘ynaydi. Kiyim ichida Nilufar borligini xech kim sezmaydi. Bobur bo‘lsa xayollariga cho‘mib afsuslar bilan boshqa xonada o‘tiradi. Bir payt Nilufar o‘sha kiyimda ko‘chaga chiqib ketayotganini Avazbek ko‘rib qoladi." Bu bola pulini xam olmasdan ketib qoldimi" deb xayron bo‘ladi. Qo‘shni xonaga kirsa Boburni o‘tirganini ko‘radi. Xayron bo‘ladi. "Sen ketmaganmiding kiyimlaring qani " deb so‘raydi. Bobur bor gapni aytadi. Avazni jaxli chiqadi. Va nilufarni ortidan ketadi. Bobur ortidan xayron bo‘lib qoladi.
Nilufar o‘sha kiyimda ko‘prik ustida turibdi. O‘zini endi suvga tashlamoqchi bo‘lgan paytdi Avaz kelib qoladi. Va mashinaga solib olib ketadi. Avaz Nilufarni uyiga olib keladi. Avazni nilufarga qilgan momilasidan Bobur xayron bo‘ladi. Nilufarni nigoxidan "menga yordam ber" degan fikrni o‘qiydi. Avaz Boburga pulini berib javob beradi. Bobur uyiga kelib juda ko‘p o‘ylaydi. " bu yerda bir gap bor" deydi. Ertasi kuni Bobur Avazni uyiga boradi. Kechirasiz kecha bir narsam qolib ketibdi deb baxona qiladi. Avaz uni uyga qo‘yadi. Bobur uyga kirib narsaisni izlash baxonasida Nilufarni izlaydi. Nilufar unga kichikina qog‘ozchada "yordam ber" deb yozib tashlaydi. Bobur uni sezdirmasdan oladi. Avaz buni payqaydi lekin sezdirmaydi. Boburga ruxsat beradi. Boburni yuragiga xavotir tushadi.
Bobur sobiq sevgilisiga yordam berish rejalarini tuzadi. Uni olib qochish uchun bir necha turli yo‘llar bilan urinadi. Lekin uddasidan chiqmaydi. Boburni xalovati yo‘qoladi. "Nilufarga yordam bermasam bo‘lmaydi. Avaz uni bekorga ko‘chaga chiqarmayapti. Nilfarga taziyq o‘tkazyapti" deb ich etini yeydi. Bobur xali xam Nilufar meni sevar ekan deb xayol qiladi. Bobur militsiyaga murojaat qiladi. Militsiya Avazni uyiga keladi. Xammasi joyida ekan deb ketadi. Buni kuzatib turgan Bobur yanayam qattiq jaxli chiqadi. Avaz bilan uning yordamchisi Bobruni ushlab oladi. Va do‘pposlaydi. "uyim oldida o‘ralashganingni ko‘rmay. Men seni kimligingni surishtirib bildim. Nilufar endi meniki. Bizni bolarimiz bor. Agar yana bir marta o‘ralashadigan bo‘lsang qattiq xafa qilaman" deydi. Bobur bo‘lsa"sen vaxshiysan, sen uni qamab qo‘yolmaysan" deydi. Avaz "aqling yetmagan ishga aralashma" deb tinchgina ketadi.
Bobur maqsadidan qaytmaydi. Oxir oqibat Nilufarni uydan olib qochib ketadi. Nilufar yarim yo‘lga yetganda. Meni soy bo‘yiga olib bor deydi. Bobur olib boradi. Nilufar o‘zini endi suvga tashlamoqchi bo‘lganida Avaz kelib qolib yana qutqarib qoladi. Shu yerda xamma narsa ma’lum bo‘ladi.
Bir necha yillar avval Nilufarni kichik o‘g‘li shu soyga 3 yoshida cho‘kib o‘lgan edi. Nilufar o‘g‘lini o‘limida o‘zi ayblab o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lib yurgan edi. Nilufar telba sifat bo‘lib qolgan edi. Avaz bo‘lsa uni xar doim nazoratda ushlab turgan edi. Chunki u Nilufarni qattiq sevardi. U aytadi "bo‘ldi jonim yetar. o‘zingni ayblashdan foyda yo‘q. Sen o‘lib qolsang men nima qilaman. Seni jonimdan ortiq yaxshi ko‘raman" deb Nilufarga yalinadi. Nilufar Avazni xolatini ko‘rib ko‘ngli yumshaydi. "Yuring ketamiz Imron xam yolg‘iz qoldi" deydi. Avaz mashinaga nilufarni o‘tqazib ketadi. Bobur bo‘lsa xammasini tushunib yetadi. "mana bu xaqiqiy sevgi. men axmoq udan arzimagan aybi uchun voz kechgandim. " deb xomush uyiga qaytadi.
O‘zbekiston, Biz Media,
MUHAMMADAMIN NASRIDDINOV,SHOXRUZ ISMOILOV,GULASAL AHMEDOVA,SUG’DIONA UBAYDULLAYEVA,NODIR UZOQOV,ABROR SAYNAZAROV.
































































