BizMedia
Men uchun sen

Men uchun sen

Tizerni ko'rish

Bosh qahramonlardan biri Bekzod — boy oilada ulg‘aygan bo‘lsa-da, o‘zini tutib olgan, o‘qib va ishlab hayotda o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yigit. Bir kuni u ajoyib tasodif tufayli Mahbubani uchratadi. Qo‘shni mashina oynasidan o‘ziga tikilib turgan qizni bir ko‘rishdayoq sevib qoladi.

Ikkinchi marta ham qizni chorrahada, mashina ichida ko‘rib, uni astoydil izlashga tushadi. Mashina raqami orqali Mahbubani topib, uyiga boradi. Uni nogironlik aravachasida ko‘rib, hayratga tushadi. Biroq o‘zini yo‘qotmay, turli bahonalar bilan Mahbuba bilan suhbat qurishga harakat qiladi.

Nogironligiga qaramay, Bekzod Mahbubani yanada yoqtirib qoladi. U bilan ko‘rishish, ko‘nglini olish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Mahbuba ham Bekzodga mehr qo‘ya boshlaydi.

Bekzodning ota-onasi o‘g‘lining bu munosabatiga qarshilik qiladi. Bir kuni Bekzodning otasi Mahbubaning uyiga kelib, uning otasi bilan uchrashadi. Shu yerda Mahbuba bir necha yil avval o‘zi mashinada urib yuborgan qiz ekanini bilib qoladi.

Bekzod barcha qarshiliklarga qaramay Mahbubaga uylanadi. Mustaqil hayot qurib, oilasini ta’minlashga intiladi. Mahbubani chet ellik shifokorlarga ko‘rsatib, uning sekin-asta oyoqqa turishiga yordam beradi.

Ishlab chiqarilgan mamlakat

O‘zbekiston, Biz Media,

Ishlab chiqarilgan yil

2025-yil

Davomiylik

94 daqiqa

Asl til

Oʻzbek

Rejissyor

Zuhriddin Rustamov

Operator

Jasur Pirnazarov

Ssenariy muallifi

Umida Ashurova

Rollarda

Shaxsanem Abidjamilova

Asror Xamidov

Abror Yuldoshev

Nodira Maxmudova

Zuhriddin Rejimetov

Farangiz Abdazova