
O'gay ona ikkichi qismi ya'ni davomida. Hilolaga yomonlik qilib qamalgan onasining qamoqdan muddatidan avval ozodlikka chiqib kelishi va o'zining qizi Maftuna orqali o'gay qizi Hilolani homlasini tushirib, unga yana yomonlik qilishni reja qiladi. Hilola o'ay singlisining endi turmushga chiqib yaxshi tomonga o'zgargan deb o'ylaydi ammo u baribir qamoqdan chiqib kelgan onasining yomonligiga sherik bo'ladi va Hilolaga yaxshi gapirib, uning ovqatiga dori qo'shib berib homlasini tushirishga harakat qiladi. Biroz Hilolani buni tasodifan eshitib qoladi va singlisining qo'lidan hech narsa yemaydi. Bu reja o'xshamaganidan O'gay ona asabiylashadi va miyasiga undan ham yomonroq g'oya keladi. Endi Umida Hilolaning soqov eri Umarning o'limiga erishishni reja qiladi va bunga erishadi ham. Uni mashinada urib ketadi va Umar voqea joyida vafot etadi. Umarni urib yuborgan mashina boshqaruvidan Umida bo'lganini militsiya hodimlari aniqlaydi va Umida qamoqqa olinadi. Qizi Maftuna onasining qamalganidan xabarsiz uy xujjatlarini o'g'irlab onasiniga olib bormoqchi bo'lib turganida, otasi va Hilola tomonidan tutib olinadi. Ota o'zining qizidek o'stirgan xotinining qizidan ranjiydi va uni uydan haydab yuboradi. Shu bilan Maftuna va yomon niyatli onasi, Hilolaning hayotidan butunlayga chiqib ketishadi. Lekin Hilolaning endigina erishgan baxtini barbod qilishadi. Voqea sevgi va dramattik tus olib yakunlanadi….!
Gulruxsor Tohirjonova, Xurshid To‘xtayev, Fotima Oripova, Sara Mansurova, Doston Jo‘rayev, Sulaymon Salohiddinov, Muharram Abduhalilova, Shaxnoza Sheraliyeva, Azizjon Jumayev, Abror Qobulov, Oybek Hamidov








































































































































































































































